Ташкилот тўғрисида маълумот Электрон почта: - Телефон: 67-225-10-69 Почта манзили: Сирдарё вилояти Гулистон шаҳри Халқлар дўстлиги кўчаси 30-уй Интернетдаги манзил: - Мурожаат учун

67-225-10-69

Боғланиш учун маълумотлар Ўзбекистон Республикаси, Сирдарё вилояти
17

Вакансия бўйича номзодлар сони

Ҳужжатлар қабули тугашигача қолган вақт

# Вакант лавозим: Бўлим бошлиғи (бошқа фаолият соҳаларида) (Очиқ) # Иш ҳақи: Иш ҳақи штат жадвали бўйича
# Ташкилот: Сирдарё вилояти халқ таълими бошқармаси # Қўшимча ҳақ: Кўзда тутилмаган
# Ташкилий тузилма: Халқ таълими муассасаларини қуриш, таъмирлаш ва жиҳозлаш, бино-иншоотлардан фойдаланишни мувофиқлаштириш ва давлат-хусусий шерикчилик бўлими # Ставка: Тўлиқ
# Туман: Ўзбекистон Республикаси, Сирдарё вилояти # Ҳужжатларни қабул қилиш: 07.04.2021 дан 16.04.2021 гача
фаолият йўналишига мос келувчи камида бакалавр даражасидаги олий маълумот, хорижий тиллардан бирининг бошланғич босқичини ва ахборот-коммуникация технологияларидан фойдаланишни билиш, камида беш йиллик иш стажи.

a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonun hujjatlari, vazirlikning hujjatlari, boshqarmaning hay’ati qarorlari, boshliq va uning o‘rinbosarlarining buyruqlari va topshiriqlari bilan o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash; b) bo‘lim (sho‘ba)ning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uning yillik, choraklik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqilishiga tashkil qilish, ularni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishi ustidan nazorat qilish; v) bo‘lim (sho‘ba) xodimlarining kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish; g) ish taqsimoti asosida bo‘lim (sho‘ba) xodimlarining lavozim majburiyatlariga rioya qilinishini ta’minlash; d) boshqarmaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish; e) tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va ta’lim muassasalarining reytingini aniqlash jarayonida ishtirok etish, ularni taxlil qilish hamda metodik yordam ko‘rsatish; j) o‘z yo‘nalishi bo‘yicha boshqarma tizimida kadrlar xizmatining samarali tashkil etilishini muvofiqlashtirish, kadrlarni boshqarish sohasida xodimlar tarkibining son va sifat xususiyatlari boshqarma oldida turgan vazifalarga muvofiq kelishiga erishish, kadrlar xizmati sohasidagi zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining hududiy filiallari bilan samarali hamkorlik qilish, boshqarma va uning tizimidagi tashkilot va muassasalar xodimlari uchun mansab pog‘onalaridan ko‘tarilishda mehnat faoliyatini axloq-iroda sifatlari, iqtidori va ko‘nikmalarini ob’ektiv baholashga asoslangan teng imkoniyatlar yaratilishini ta’minlash, xodimlarda yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqat qilib bo‘lmaydigan munosabatni shakllantirish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish, kadrlarning professional darajasini muntazam ravishda oshirib borishni tashkillashtirish, boshqarma xodimlari malakasini muntazam oshirib borish hamda xizmat karerasining lavozim pog‘onalaridan bosqichma-bosqich o‘tishni joriy etish, tegishli nomenklatura doirasida nomzodlarni o‘rganish, tanlash, tavsiya etish va tayinlash ishlarini tashkil etish, tegishli lavozimlarga tavsiya etilgan nomzodlarning barcha fazilatlari va ustunliklarini ob’ektiv baholash imkonini beradigan ochiq mustaqil saralab olish asosida ularni ishga qabul qilish yuzasidan boshqarma rahbariyatiga takliflar kiritish, boshqarma xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha boshqarma boshlig‘i (vazir)ning tegishli o‘rinbosarlari bilan birgalikda takliflarni boshqarma boshlig‘i (vazir)ga kiritish; z) o‘z yo‘nalishi bo‘yicha boshqarma va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining boshqaruv va ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganish, aniqlash hamda ommalashtirish, masofali ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha respublikamizning o‘quv muassasalari bilan amaliy bog‘lanishlarni tashkil etish va uni takomillashtirish, ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini avtomatlashtirishga yordam berish, o‘sib borayotgan yosh avlodga sifatli ta’lim berish chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Иш кунлари: душанба, сешанба, чоршанба, пайшанба, жума. Дам олиш кунлари: шанба, якшанба. Иш вақти: 09: 00 дан 18: 00 гача